Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ULFATLAR” QVZ JAMOASIGA YANA 8 NAFAR TALABALAR SARALAB OLINDI

21:09 14.04.2022

Yoshlar oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi ommalashib ulgurdi. Yangidan yangi iqtidor egalari, sanʼat ixlosmandlarini kashf etayotgan mazkur tanlov yoshlarning boʻsh vaqtlariga mazmun bagʻishlamoqda.

Bugun Talabalar turar joyida boʻlib oʻtgan “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovining fakultet bosqichi barchaga kulgu ulashdi. Boisi oʻz sahna koʻrinishlarini qoyilmaqom ijro etgan jamoalar talabalikning oltin davralarini kuy-qoʻshiq va yumorga boy tarzda talqin etdilar.

Tanlovda ishtirok etgan Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov soʻz olib, tibbiyot ilmida yaxshi natijalarga ega boʻlayotgan talabalar orasida sanʼatsevar yoshlarning ortayotgani, har sahna koʻrinishida talabalik davriga yana bir bor qaytgandek boʻlganligini samimiy taʼkidlab oʻtdi.

Yakuniy xulosalarga koʻra, 1-oʻrin Stomatologiya fakultetining “Stomat” jamoasiga, 2-oʻrin Pediatriya fakultetining “Pediatr” jamoasiga, 3-oʻrin esa Davolash fakultetining “Dimedrol” jamoasiga nasib etdi. Shuningdek, 8 nafar eng mohir va quvnoq talabalar institutning “Ulfatlar” QVZ jamoasiga saralab olindi.

Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!