![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/03/1-3.jpg)
Mehr-sahovat bayrami – Navroʻzda bemorlar holidan xabar olinib, ginalar unutiladi, keksalar yoʻqlanadi. Mana shunday yaxshi fazilatlarni niyat qilgan Andijon davlat tibbiyot instiutining prorektorlar, dekanat xodimlari tomonidan institutimizda bir necha yillar davomida samarali faoliyat olib borgan ustozlarning xonadonlariga borib, ularning holidan xabar olindi.
Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasida kafedra mudiri boʻlib ishlagan Davlatov Nabijon Davlatovich, Harbiy tayyorgarlik kafedrasi faxriysi Hamidov Sardor Hamidovich, Patofiziologiya kafedrasi professori Shermatov Hamdam Hamidovichning zaxmatli mehnatlari tilga olindi, shogirdlarining yutuqlari haqida oʻrtoqlashildi. Ustozlar yurt tinchligi, el farovonligi uchun duo qildilar.