alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYAT HOKIMI TIBBIYOT XODIMLARIGA MUROJAAT YO‘LLADI

12:01 24.03.2022

Kecha Andijon viloyati hokimining tibbiyot xodimlariga murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz tibbiyot xodimlari qatori Andijon davlat tibbiyot institutining rektori, prorektorlari, professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov o‘z murojaatida kuni kecha Prezidentimiz “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” ochiq muloqotida belgilab bergan ustuvor vazifalar, shulardan kelib chiqqan holda viloyatimizda amalga oshirilajak ishlar, bunda albatta, tibbiyot xodimlarining ko‘maklari zarur ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida so‘z olgan institutimizning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov ham so‘z olib, hozirda institut klinikasi zamonaviy qiyofada qad ko‘tarayotgani, kelgusi yildan birgina viloyatimiz emas, balki vodiy aholisiga yuqori tibbiy xizmat ko‘rsatishi, talabalarimiz amaliyot jarayonlarini ish bilan uyg‘un holda davom ettirayotganliklari, bunda albatta davlatimiz rahbari, xususan viloyat hokimining o‘rni beqiyos ekanligini bildirdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!