alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO HAMKORLIKLAR DOIRASIDA “BIRINCHI TEZKOR TIBBIY YORDAM” MAVZUSIDA O‘QUV-TRENING MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILMOQDA

11:12 14.04.2023

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019-yildagi PF-5847-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali tibbiy kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Koreya milliy transport universiteti (KNUT) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot sohasida birinchi bo‘lgan «Parameditsina» yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturi ochish rejalashtirilgan va shartnoma imzolangan.

Shartnomaga ko‘ra, sohani tashkillashtirishda innovatsion yondashuv asosida institutda qo‘shma taʼlimda tahsil oluvchi talabalar uchun eng zamonaviy tibbiy anjomlar bilan jihozlangan simulyatsion markaz shakllantirish, talabalar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvlari ham rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 13–15-aprel kunlari Koreya milliy transport universiteti professor-xodimlari va bir guruh talabalari tomonidan Andijon viloyatida turli soha vakillari, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalariga “Birinchi tezkor tibbiy yordam” mavzusida o‘quv-trening mashg‘ulotlari olib boriladi. Belgilangan kunlik dasturlar doirasida dastlab hamkor oliy taʼlim muassasasi vakillari xorijiy hamda qo‘shma taʼlim dasturi talabalari uchun master-klasslar namoyish etilgan bo‘lsa, kunning keyingi rejasi asosiga ko‘ra, ikki OTM vakillari Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar va o‘t o‘chirish tashkiloti xodimlariga amaliy mashg‘ulot tashkil etdilar. Mazkur jarayonlar qatnashchilarga mavzu doirasidagi bilimlarini mustahkamlash va zamonaviy usullarni o‘rganish imkoniyatini bermoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!