alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO HAMKORLIKLAR YO‘LIDA

15:21 04.05.2024

Bugun, 4-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi va klinikasiga poytaxtimizda bo’lib o‘tgan Toshkent Xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xitoyning “Dauteen medical health industry investment group” investitsion kompaniyasi rahbari Vang Li xonim va Lyu Dzi Chi tashrif buyurdi.

Ularni viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Mirzajonov, institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov hamda ADTI klinikasi bosh shifokori B.Raxmonov kutib oldi va klinika hamda o‘quv binosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Mehmonlar bilan hamkorlik aloqalarini qurish, oliy taʼlim sifatini yanada oshirish, Andijon xalqiga tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida institut klinikasidagi rekonstruksiya ishlari hamda institutning klinika hududidagi yangi o‘quv binolarini o‘rgandi. Institut klinikasida va Andijonda tibbiyot sohasida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan investitsion loyihalar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida tibbiyotning xalq tabobati yo‘nalishida samarali ishlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!