alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

18:48 11.10.2023

Millatimiz davomchilari bo‘lmish qizlarimizni maʼrifatli, maʼnaviyatli, oqila va dono qilib tarbiyalash, ilmli, ziyoli bo‘lishlariga imkoniyatlar yaratib berish juda muhimdir. Boisi, bugun taʼlim-tarbiya olayotgan qizlarimiz ertamiz egalarining tarbiyalovchilari hisoblanadi.

Qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga binoan, 11-oktabr – “Xalqaro qizlar kuni” deb eʼlon qilingan. Ushbu sana 2012-yildan beri har yili jahon boʻylab turli davlatlarda qizlarning ijtimoiy muammolariga eʼtibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinadi.

Mazkur sana munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida goʻzallik va nafosat timsoli boʻlgan qizlar uchun bayram tadbiri tashkil qilindi.  Tadbir  avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov so‘z olib, barcha qatnashchilarni bayram bilan tabrikladi.

 

Navbatda so‘z olgan  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, institut  Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova barcha qizlarni bayram bilan tabriklab, kelgusidagi o‘qish va kasbiy faoliyatlariga omad hamda zafarlar tiladi.

Shundan so‘ng, o‘zlarining tashabbuskorligi, izlanuvchanligi, intilishlari bilan faollik ko‘rsatib, tengdoshlari orasida yuqori natijalarga erishgan 15 nafar talaba-qizlar institut rektorining faxriy yorliqlari va bir oylik stipendiya miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bayram munosabati bilan o‘tkazilgan “Zakovat” intelektual o‘yinida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 2 ta jamoa qizlariga 1-o‘rin uchun 1 000 000 (bir million) so‘m, 2-o‘rin uchun 500 000 (besh yuz ming) so‘m miqdorida pul mukofoti aks etgan vaucherlar topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida Andijon viloyat filarmoniyasining taniqli xonandlari va raqqosalari sho‘x qo‘shiqlari va raqslari bilan ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladilar. Institutimizning iqtidorli, san’atsevar talaba-yoshlari tomonidan ham badiiy chiqishlar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbiri barchaga birdek zavq ulashdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!