O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda 2764-1 raqam bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida “Xirurgiya” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazildi.
Imtihon shartlariga ko‘ra, savollar papkasi barchaning guvohligida ochildi va talabgorlar imtihon bilatlarini tanlab olishdi.
Imtihonda 11 nafar falsafa doktorlik dissertatsiyalarni bajarayotgan talabgorlar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.