Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi hamkorligida Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirish, tibbiyot markazlaridagi sifatli tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish, sog‘lom turmush tarzini yangicha bosqichga olib chiqish, aholi orasida psixo-emotsional holatni yaxshilash, birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarining faoliyati sifatini oshirish maqsadida Andijon viloyatining barcha hududlarida “Inson qadri uchun” shiori ostida salomatlik aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Xususan, bugun Andijon davlat tibbiyot institutining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan Xo‘jaobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Xidirsha oilaviy shifokorlik punktida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar.
Ko‘rik davomida mutaxassislar tomonidan 3-4-guruhga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 200 nafardan ziyod bemorlarning salomatligi oʻrganilib, zarurat mavjud bo‘lgan bemorlarga ambulator sharoitda va viloyat davolash muassasalarida davolanishga yoʻllanmalar berildi.
Shuningdek, bemorlar UTT, EKG va laborator tekshiruvlardan o‘tkazilib, ularga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar koʻrsatildi.