Sharda Universitetida Hindiston Respublika kunining 73 yilligi munosabati bilan bayroq koʻtarish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor K.Salohiddinov hamda institutimizda taxsil olayotgan hindistonlik talabalar ham ishtirok etdi.
Marosim davomida Sharda Universiteti talabalari tomonidan mehmonlarga hind shirinliklari ulashildi. Afsonaviy kuy-qoʻshiqlar va raqslar barchaga xursandchilik baxsh etdi.
Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga olib keladi.