Pandemiya davri yumshaganligi sababli xorijlik talabalarimiz ham an’anaviy o‘qish jarayoniga qaytishmoqda. Ularning sifatli ta’lim olishlari uchun institutning ilmiy kengashlar zalida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda har bir fan o‘qituvchilari uchun kerakli topshiriq va vazifalar berildi. Onlayn tarzda davom ettiradigan talabalarning o‘qishlari esa alohida nazoratga olinishi kerakligi ta’kidlandi.