alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XORIJLIK TALABALARIMIZ QO‘QONDA O‘TKAZILGAN “GOLDEN VALLEY MARATHON”DA ISHTIROK ETDILAR

22:49 29.04.2023

Joriy yilning 29-aprel kuni Farg‘ona viloyatining  Qo‘qon shahrida yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy davlatlarning talabalari o‘rtasida “Golden Valley Marathon” xalqaro yarim marafon musobaqalari o‘tkaziladi.

Unda Andijon davlat tibbiyot institutining 50 nafar xorijlik talabalari ham faol ishtirok etdilar.

 

Yugurish musobaqalari 2 va 5 kilometr masofada yarim marafon shaklida o‘tkazildi. Unda faol qatnashgan talabalarimiz marafon medallari bilan taqdirlandilar. Institutimiz talaba-qizlari “Eng yaxshi qizlar jamoasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalardan so‘ng, talabalar uchun Qo‘qon shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirildi. Manzillarda o‘zbek milliy hunarmandchilik namunalari, ularning yasalish usullari bilan tanishdilar. Mashhur Xudoyorxon o‘rdasida bo‘lib, u yerdagi tarixiy, noyob eksponatlar bilan tanishdilar.

 

Marafonda ishtirok etgan barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari do‘stlashib, kunni maroqli o‘tkazdilar. Ular uchun tashkil etilgan bayram dasturida sho‘x qo‘shiqlar aytib, raqslarga tushdilar. Bir so‘z bilan aytganda bu chinakkam do‘stlik bayrami bo‘ldi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!