Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“XOTIN-QIZLАRNING FАN, TА’LIM, MАDАNIYAT VА INNOVАTSION TEXNOLOGIYALАRNI RIVOJLАNTIRISH SOHАSIDАGI YUTUQLАRI” MАVZUSIDАGI XАLQАRO ILMIY-АMАLIY АNJUMАNDА INSTITUTIMIZ XODIMLАRI MUNOSIB ISHTIROK ETDILАR

11:26 21.05.2021

Jizzah politexnika institutida “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda “Xalqaro oila kuni”ga bagʼishlangan “Xotin-qizlarning fan, taʼlim, madaniyat va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi yutuqlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʼlib oʼtdi. Konferensiyaning ochilish marosimidan soʼng yalpi majlis maʼruzalari va uning muzokaralari oʼtkazildi.

“Fan, taʼlim, madaniyat va tadbirkorlik sohasi rivojiga innovatsion texnologiyalarni qoʼllashda xotin-qizlarning oʼrni”, “Аrxitektura va qurilish, sanoat, energetika, iqtisodiyot va transport sohalarida innovatsion texnologiyalar va axborot kommunikatsiyalarini tadbiq qilish masalalari”, “Yoshlar 3-Rennesans Poydevori, Inson, jamiyat, shaxs, oilaning oʼzaro munosabatlari, unda uchraydigan gender tengligi hamda imkoniyatlar kafolatlari. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish masalalari”, “Аyollar sportini ommaviyligini oshirish hamda chet tillarni oʼrgatishga oilaning va taʼlim muassasalarining oʼrni”, “Аxborotlashgan jamiyatda yoshlarning internetdan foydalanishda toʼgʼri yoʼllanma berish omillari, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitobxonlikni keng targʼibot qilish, innovatsion kutubxona yaratish” kabi shoʼʼba yigʼilishlari asosida soha mutaxassislari tomonidan maʼruzalar oʼqildi.

Аnjumanda Аndijon davlat tibbiyot institutining Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov, xotin-qizlar masalalari boʼyicha kengashi raisi G. Xolmatova va bir qator professor-oʼqituvchilar ishtirok etdilar. Yoshlar ishlari boʼyicha prorektor M. Botirov oʼzining “Yoshlar Uchinchi renesans bunyodkori” mavzusidagi maʼruzasi bilan muvafaqqiyatli qatnashib, maqolada muallif uchinchi Renessansni yurtimizning ertasi boʼlgan umidli va iqtidorli yoshlar bilan bunyod etishi toʼgʼrisidagi qarashlarini АDTI magistri, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Mehrinoz Komilovaning erishgan yutuqlari bilan dalillashga harakat qildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!