Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari yangi oʻquv yilining ilk kunlaridanoq profilaktik tadbirlarni oʻtkazishni boshlab yuborishdi. Institutning 2-oʻquv binosida Davolash fakultetining 2-,4-bosqich talabalari oʻrtasida mazkur tadbir olib borildi. Unda talabalarning darslarda ishtirok etish davomati, taʼlim sifatini oshirish, odob-ahloq, kiyinish qoidalariga rioya qilish, dars jarayonlarida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik kabi mavzularda maʼlumot va tushunchalar berildi.
Shuningdek, Mikrobiologiya, ijtimoiy-gumanitar fanlar, Ijtimoiy gigiyena va SSB, Umumiy gigiyena kafedralaridagi professor-oʻqituvchilar bilan ham suhbat oʻtkazildi. Unda oʻqituvchilarga har bir darslarni qoldirmay oʻtkazish, talabalarni baholash mezonlarida adolat va shaffoflikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratishlari tushuntirib oʻtildi.