Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANGI OʻZBEKISTON KONSTITUTSIYASI – BARCHAMIZNIKI!

14:29 01.07.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Abduhalimov tomonidan Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot o’tkazildi.

Unda texnikum xodimlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda 25-iyundan 5-iyulgacha “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga start berilganini ta’kidlab, keyingi yillarda mamlakatimizda yuz bergan o‘zgarish va yangilanishlar, Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!