Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, dekanlar va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda asosan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi hamda “Talabalikka bag‘ishlov” kunini munosib kutib olish, 1-bosqich talabalariga dars o‘tish jarayonlarining tartibi, ularga institut faoliyati va modul-kredit tizimi haqida atroflicha tushuntirish, o‘quv xonalarining shayligi, ta’lim sifati va samaradorligiga ahamiyat qaratish, talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlari faoliyatini yanada mustahkamlash borasidagi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.