Sogʻlom turmush tarziga amal qilish, turli sport mashgʻulotlari bilan band boʻlish ham inson umrini uzaytirishga xizmat qiladi. Mana shunday qoidani diliga joylagan “Yaxshi” MFYning uyushmagan yoshlari Andijon davlat tibbiyot institutining fitnes zalida boʻldilar. Turli qoʻl va oyoq mashqlarini olib borgan yoshlar vaqtlarini mazmunli oʻtkazish barobarida Stomatologiya fakultetining xodimlari bilan kichik sport mashgʻulotlarida kuch sinashdilar.