Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Boʼlajak olim” tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli yosh olimlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.
Boʼlajak olim tanlovi doirasida yosh olimlarning:
Ilmiy gʼoyalari ragʼbatlantiriladi
Ilmiy va startap loyihalari moliyalashtiriladi.
Ilmiy gʼoyalarni ragʼbatlantirishga qoʼyiladigan shartlar:
- Talabgorlarning yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi
va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta gʼoya bilan ishtirok etishi;
- Topshirilgan ilmiy gʼoyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʼ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (98 mln soʼm)dan oshmasligi;
- Ilmiy gʼoyalar asosida maket va (yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng koʼp muddati bir yilgacha boʼlishi.
Tanlov doirasida Ilmiy gʼoyalar boʼyicha takliflar joriy yilning
20-iyun soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida quyidagi hujjatlar www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukniga yuklanishi lozim:
- Loyihaga nomzodning maʼlumotnoma-obʼyektivkasi (anketa), fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi, 3×4 sm oʼlchamdagi oq fondagi 2 dona rangli fotosurati ilova qilinadi.
- Ilmiy gʼoya matni. Bunda ilmiy gʼoyaning amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʼlarning aniq va asoslangan hisob-kitob qilingan hamda uni amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʼrsatilgan boʼlishi lozim. Аsl nusxasi skaner qilinib, pdf hamda word shaklida taqdim etiladi.
- Ilmiy gʼoyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʼ toʼgʼrisida maʼlumotnoma va xarajatlar smetasi.
- Ilmiy gʼoya taqdimoti. (5 slayddan oshmasligi, ilmiy gʼoya mazmuni toʼliq yoritilgani).
www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bogʼliq texnik masalalar boʼyicha: (71) 203-32-23 (230, 233).