Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YOSH VOLONTYORLAR”NING TARGʻIBOTI DAVOM ETMOQDA

17:58 03.02.2022

Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda faollik koʻrsatayotgan “Yosh volontyorlar”  jamoasi bu gal Andijon shahridagi  “Bogʻishamol”, “Buyuk ipak yoʻli”, “Yangi hayot”, Bogʻieram” MFYlarida boʻldilar.

Mazkur MFYlardagi 8 ta koʻchalarda aholi bilan suhbat olib borgan talabalar koronavirusning “Omikron” shtammi, uning yuqish yoʻllari, davo choralari, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish, “Salomatlik sari 5000 qadam” loyihasida qatnashish kabi mavzularda targʻibot dasturlarini olib bordilar.

Shuningdek, institutimizning malakali mutaxassislari tomonidan 8-oilaviy poliklinikada aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrik ham oʻtkazildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!