Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI

12:15 18.02.2021

Tamaki mahsulotlarining koni ziyon ekanligi barchaga ayon. Bu maʼlumotni mana shu mahsulotlarni isteʼmol qiladigan insonlar ham biladilar. Biroq bu zararli odatlarni tashlash uchun ularda ixtiyor va iroda yoʼq. Natijada bu odatlar koʼpayib, inson organizmni yeb boraveradi. Ming afsuski, bu zararli odatlar yoshlarimiz, ayniqsa talabalarimiz oʼrtasida koʼp kuzatilmoqda. Mana shunday holatlarning oldini olish maqsadida institutimizning ilmiy kengashlar zalida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik moddalarini tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.
Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiya boʼyicha prorektor Gʼulomiddin Xojimatov ochib berdi. U giyohvandlik va tamaki mahsulotlarining salbiy oqibatlari, xatto inson salomatligi uchun katta xavf tugʼdirishini taʼkidlab oʼtdi.
Shuningdek, tadbir davomida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari, podpolkovnik Shavkat Egamov hamda ekspertiza va kriminialistika boʼlimi boʼlinma boshligʼi, mayor Shuxrat Qodirov bugungi kunda ayrim yoshlar giyohvand moddalar taʼsiriga tushib qolib, oʼgʼrilik va xatto jinoyat sodir etishayotgani va buning oqibatida turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilayotganini aytib oʼtdi.
Qolaversa, bunday moddalarni tarqatish va sotish ham jinoyat ekanligini tushuntirdilar. Bunday illatlarning oldini olish uchun esa talabalar koʼproq bilim olishlari, boʼsh vaqtlarini esa sport va turli fan toʼgaraklarida oʼtkazishlarini alohida taʼkidladilar.

Tadbir soʼnggida talabalar oʼzlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan kerakli javob oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!