Bugun yoshlar o‘rtasida axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish yanada ortmoqda. Yangi innovatsion g‘oyalarni tadbiq etayotgan kelajagimiz egalari soha rivoji uchun astoydil harakat qilishmoqda.
Davolash fakultetining talabalari ham axborot texnologiyalariga qiziqadi. Ular shahrimizdagi “Yoshlar texnoparki”da bo‘ldilar. Tyutor A.Rustamov tomonidan tashkillangan tadbir davomida talabalar mutaxassislarning mahorat darslari davomida kompyuter savodxonligi, internetdan oqilona foydalanish, tibbiyot sohasida ham zamonaviy asbob-uskunalarni yaratish bo‘yicha ma’lumot oldilar. Shuningdek, talabalar loyihalar ustida ish olib borayotgan yoshlar qo‘llab-quvvatlanayotgani, grantlarni qo‘lga kiritayotganliklarining guvohi bo‘lishdi.