2020-yil 7-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 775 (+112) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 103 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 41 277 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 148 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 375 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.