Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Yoshlar oyligi doirasida viloyat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Unda 5 ta jamoa ishtirok etib, mazkur musobaqada Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib qatnashdi. Ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy, tibbiyot sohasiga oid savollarga talabalar tomonidan batafsil javob berdilar.