alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘YICHA “REKTOR KUBOGI” TURNIRINING FINAL BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

23:58 02.06.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Rektor kubogi” tunirining 1-mavsum yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Institutning «Zakovat» intellektual klubi hamda intellektual loyihalar koordinatori Sh.Abduraxmonov tomonidan olib borilgan o‘yinda jamoalarga turli sohalarga oid 20 ta savol berildi.

Oʻyin avvalida institutning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S.Salohiddinov soʻz olib jamoalarga omad tiladi.

Final bellashuvida “Dominand pro” hamda “Bobur Shokirov” jamoalari ishtirok etdi. Qiziqarli va murosasiz  o’tgan musobaqaning yakuniy natijalariga  ko‘ra:

1-o‘rinni “Bobur Shokirov” jamoasi;

2-o‘rinni “Dominand pro” jamoasi;

3-o‘rinni «Kursantlar» jamoasi qo‘lga kiritdi.

Yakkalik bahslarda esa qizlar o‘rtasida 1-oʻrinni M.Zokirova, 2-oʻrinni Z.Sobirjonova hamda 3-oʻrinni F.Hamidova egallagan boʻlsa, yigitlar oʻrtasida 1-oʻrinni B.Shokirov, 2-oʻrinni M.Mirzabahromov, 3-oʻrinni J.Tursunov band etdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, 1-o‘rin g‘olibi esa “Rektor kubogi” bilan taqdirlandilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!