alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

UZOQ KUTILGAN “PROFILAKTIK TIBBIYOTDA YUQORI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BOSHLANDI

12:05 11.06.2021

UZOQ KUTILGAN “PROFILAKTIK TIBBIYOTDA YUQORI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BOSHLANDI

Sog‘liqni saqlash tizimida kasalliklarni oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda va bu tibbiyotdagi kasalliklar profilaktikasi tizimining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Andijon davlat tibbiyot institutida 2020-yil profilaktik tibbiyot mutaxassisligi ochilgan va maskur yo‘nalishda falsafa doktorlik desertatsiya himoya qiluvchi ixtisoslashgan kengashlar ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ko‘p yillardan beri institutda profilaktik tibbiyot maktabi dunyo tibbiyot olamida o‘z o‘rniga ega. Bu yo‘nalishda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rejasiga kiritilgan, hamdo‘stlik mamlakatlar olimlari ishtirokidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning bir namunasi bo‘lib kelmoqda.

Anjuman onlayn shaklda o’tkazilmoqda. Dastavval O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Xadjibayev Abduhakaim Muminovich, Andijon viloyati xokimi Abdurahmonov Shuxratbek Qo‘shaqbayevichning tabrik so‘zlari o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madazimov Madamin Mo‘minovich, Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rektori Mammayev Suleyman Nurattinovich, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Shadmanov Alisher Qayumovich, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Rizayev Jasur Alimjanovich anjumanda ishtirok etib, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining hamkorlik aloqalarining bardavomligi, bu kabi konferensiya va anjumanlar tibbiyot sohasini yanada yuksalishiga xizmat qilayotganini bildirdilar. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Xodjimatov boshchiligida Plenar kengash o‘tkazildi. Unda 12 nafar ishtirokchi o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Anjuman 5 ta seksiyada bo‘lib o‘tadi.