alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati”

13:44 11.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti xorijiy tillar kafedrasi va O‘zbekiston Yoshlar ittfoqi ADTI boshlang’ich tashkiloti hamkorligida  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining  28 yilligi hamda 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon shahridagi harbiy qismda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” mavzusida  tadbir  bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari U.Karimov, ADTI Harbiy tayyorgarlik kafedrasi o‘quv bo‘limi boshlig‘i A.Soliev, xorijiy tillar kafedrasi mudiri L.Xudayberdiyeva va mazkur kafedra professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Yoshlar ittfoqi ADTI boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Sh.Sapioxunov harbiy qism zobit va askarlari, iqtidorli talaba-kursantlar ishtirok etdilar.

Tadbirni  Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari U.Karimov ochib, Vatanimiz sarhadlari ishonchli, qat’iyatli va kuchli posbonlarimiz qo‘lida ekanligidan xalqimiz hamisha  faxrlanishini aytib, barcha yig‘ilganlarni  Vatan himoyachilari kuni  bilan qizg‘in tabrikladi.

So‘ngra, xorijiy tillar kafedrasi mudiri L.Xudayberdiyeva  so‘zga chiqib, mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini tunu kun himoya qilib kelayotgan Vatan himoyachilari, harbiy xizmatchilar, bir-biridan o‘ktam, mard va jasur o‘g‘lonlarni bayram bilan tabrikladi.

Institutning iqtidorli talabalari  o‘zlari tayyorlagan sahna ko‘rinishlari, ona Vatan, tinch va osuda hayotimiz, Milliy Armiya,  mard va jasur o‘g‘lonlar- harbiylarni madh etuvchi  she’r va qo‘shiqlari bilan  bayramga o‘zgacha fayz kiritdilar. “Quvnoqlar va zukkolar” respublika tanlovining sovindorlari bo‘lgan ADTI “Ulfatlar” jamoasining ichakuzdi chiqishlarini harbiylar davomli olqishlar bilan kutib olishdi.

ADTI iqtidorli talabalari tomonidan harbiy tayyorgarlik mashqlarini namoyish etildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarining  chiqishlari, ular tomonidan bajarilgan murakkab tryuklar  barchada katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida Harbiy  qism kapitani O.Aminov institute rahbariyatiga, tashkilotchilarga, samimiy tabriklar  va bayram dasturi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!