VAZIR: “ANDIJONDA TIBBIYOTNI O‘ZLASHTIRISHGA O‘ZGACHA SHIJOAT BOR” – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VAZIR: “ANDIJONDA TIBBIYOTNI O‘ZLASHTIRISHGA O‘ZGACHA SHIJOAT BOR”

17:02 12.12.2024

Bugun, 12-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov tashrif buyurdi.

Vazirni institutning iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan «Andijon polkasi» raqsi bilan kutib olindi.  Shundan so‘ng, institut talabalarining erishgan yutuqlari, ixtirolari aks etgan ko‘rgazma bilan tanishildi.

Talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan «Dukchi Eshon» spektaklidan parcha namoyish etildi. Vazir talabalarining ilmiy faoliyati va yutuqlarini alohida e’tirof etdi hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasasi talabalarining san’atga ham oshuftaligi, iqtidorliligidan mamnunligini bildirdi.

Tashrif doirasida institutning Simulyatsiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markazda yoshlarning tibbiy mulyajlardan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan jarayonlarda o’z tavsiyalarini berdi.  Institutning Axborot resurs markazidan o’rin olgan tibbiyotga oid adabiyotlar bilan tanishib, ularni yanada boyitish yuzasidan takliflarni bildirdi.

Shundan so‘ng, “Vazir va yoshlar” uchrashuvi doirasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab institut faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi.  Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov nutq so’zladi. Unda vazir tibbiyot sohasining qanchalik mashaqqatli va sharafli ekanligi, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun qunt bilan bilimlarni o‘zlashtirishlari va albatta nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashlari muhimligini ta’kidladi.

  • Andijonda tibbiyotni o‘zlashtirishga o‘zgacha shijoat bor. Bu shijoat bilim bilan boyitilsa, soha yanada rivojlanadi. Siz yoshlar avvalo o‘zingizni salomatligingizga e’tiborli bo‘ling, sport bilan shug‘ullaning shundagina siz bemorlarga o‘zingiz o‘rnak bo‘lasiz. Berilayotgan barcha bilimlarni doimiy tarzda mustahkamlab borishingiz ham juda katta ahamiyatga ega – dedi, vazir.

Shundan so‘ng, institut talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarovdan batafsil javob oldi.

Tadbir yakunida iqtidorli, faol talabalarning bir guruhi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri faxriy yorlig‘i va bazaviy stipendiyaning 4 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!