alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VAZIR TASHRIFI: QURILISH JARAYONLARI, O‘ZGARISHLAR, TAKLIFLAR

22:27 24.09.2023

Bugun, 24-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi va yangi qurilayotgan o‘quv binosiga Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tashrif buyurdi.

Vazirni Andijon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarma boshlig‘i A.Mirzajonov, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, prorektorlar va mas’ullar kutib oldilar.

Tashrif davomida, dastlab yangi qurib bitkazilayotgan 2000 o‘rinli o‘quv binosida davom etayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishildi va binoning old qismida joylashtirilgan buyuk olim va  mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning haykali ko‘zdan kechirildi. Tanishuv jarayonidan so‘ng, vazir A.Inoyatov qurilishni jadallashtirish va unda talabalarga qulaylik yaratishda alohida ahamiyat  berish muhim bo‘lgan jihatlarga e’tibor berish yuzasidan tavsiyalarni aytib o‘tdi.

Navbatdagi manzil ADTI klinikasi bo‘lib, u yerdagi jarayonlar bilan tanishar ekan  vazir A.Inoyatov qurilish va ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq bajarilishi muhim bo‘lgan masalalar va jarayonlarni tezlashtirish yuzasidan taklif  bildirib, topshiriqlar berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!