Joriy yilning 26 yanvar kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov “Vazir va yoshlar” loyihasi doirasida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan Zoom dasturi orqali masofaviy uchrashuv o‘tkazildi.
Unda, Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi hamda iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
“Vazir va yoshlar” uchrashuvi davomida oliy ta’lim tizimiga oid bir qator yangiliklar ma’lum qilindi hamda talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan amaliy takliflar tinglandi.
Albatta ushbu uchrashuv ertangi kunda samarali natijalarni beradi.