
Bugun, 19-mart kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat tibbiyot institutining 2000 o‘rinli o‘quv binosida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Institut rektori M.Madazimov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov tomonidan o‘quv binosi imkoniyatalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Binoda mavjud Simulyatsiya markazi, undan o‘rin olgan robot simulyatorlar, mulyajlar bilan tanishtirildi. Mazkur markazning talaba-yoshlarni nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishlari uchun katta imkoniyat ekanligi haqida so‘z yuritildi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar dars mashg‘ulotlaridan namunalar namoyish etdi.