Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYAT HOKIMI BITIRUVCHI BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHDI

15:31 09.03.2022

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat tibbiyot institutining bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv olib bordi.

Uchrashuv avvalida viloyat hokimi kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan  OTMlar talabalari ishlab, daromad topishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida talabalar ham o‘qib, ham amaliyot o‘tashlari, ham qo‘shimcha daromad topishlari uchun yaratiladigan sharoitlar, unda belgilab berilgan vazifalar xususida ma’lumot berib o‘tdi.

Ma’lumki, 2021-yil yakunida viloyat hokimi tashabbusi bilan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan aniqlangan bo‘sh ish o‘rinlariga 156 nafar talaba umumiy amaliyot shifokori lavozimiga tayinlangan edi. Mazkur yoshlar hozirda amaliyot o‘tash barobarida o‘zlariga biriktirilgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib bormoqdalar. Viloyat hokimi ular bilan suhbatlashar ekan, ish jarayonlari, qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari va bu borada fikr-takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, ishlash istagida bo‘lgan 3-kursdan yuqori bo‘lgan talabalar ham o‘z takliflari bilan murojaat qilishlari va bu borada qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini bildirdi.

Suhbat davomida ta’mirlash jarayoni davom etayotgan Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining bino inshootlarini rekonstruksiya qilish uchun tayyorlangan loyiha bilan tanishtirdi. Loyiha ichiga Pediatriya, Travmatologiya, Akusher-ginekologiya bo‘limlari ham qo‘shilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv so‘nggida institut rektori M.Madazimov talabalarga binolarning qurilish jarayonlari, yangi barpo etilayotgan 1000 o‘rinli o‘quv binosi va unda yaratilajak shart-sharoitlar bilan birma-bir tanishtirib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda institutda 1271 nafar bitiruvchi bosqich talabalari bor. Ulardan 518 nafari Andijon viloyati yoshlaridir.

Skip to content Click to listen highlighted text!