Skip to content VILOYAT HOKIMI TALABALAR BILAN UCHRASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYAT HOKIMI TALABALAR BILAN UCHRASHDI

14:30 14.02.2025

Bugun, 14-fevral kuni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat tibbiyot institutining 2000 o‘rinli o‘quv binosida bo‘lib, talabalar bilan uchrashdi. Unda institut rektori M.Madazimov ham ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv davomida viloyat hokimi talabalarning dars jarayonlaridagi ishtiroki, ularga yaratilgan sharoitlar, bo‘sh vaqtlarini qay tarzda o‘tkazyotganliklari bilan qiziqdi.

Ularni sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida bugungi kunda faol tarzda o‘qib, bilimlarini boyitib borishlari muhim ekanligini ta’kidladi. Mamlakatimizda yoshlarni sifatli bilim olishlari o‘z ustilarida ishlab, muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalangan holda Vatan ravnaqiga o‘z xissalarini qo‘shishga chorladi.

Talabalar ham institutda professor-o‘qituvchilar tomonidan nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlari uyg‘unlikda olib borilayotganligi bu esa talabalarning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarida muhim jarayon ekanligini ta’kidladi.

adti.uz
Would like to send you notifications