alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYAT HOKIMI TALABALAR TURAR JOYI IMKONIYATLARI BILAN TANISHDI

15:29 20.10.2021

VILOYAT HOKIMI TALABALAR TURAR JOYI IMKONIYATLARI BILAN TANISHDI

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov talabalarning yashash sharoitini oʻrganish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Avval 500 nafar talaba istiqomat qiladigan institut talabalar turar joyida bugun 800 nafardan ziyod yoshlar bor. Bu maskanda ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shinam yotoq xonalar, oshxona, yuvinish xonalari mavjud. Shuningdek, talabalar darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun axborot kommunikatsion texnologiyalari xonasi, kutubxona, “Besh tashabbus – besh imkoniyat” markazlari, qizlar uchun esa toʻquvchilik, tikuvchilik, pazandachilik markazlari ham faoliyat olib bormoqda.

Viloyat rahbari dastavval talabalar bilan suhbatlashar ekan, talabalarni, ayniqsa, talaba-qizlarni turar joyga qamrab olish, ularga keng sharoitlar yaratish borasida alohida toʻxtalib oʻtdi. Shu bilan bir qatorda yoshlarning ham savollariga batafsil javob berdi.

Viloyat hokimi iqtidorli talabalar bilan ham alohida suhbat olib bordi va sanʼatlaridan bahramand boʻldi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlarning xonalarida boʻlib, ularning fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Bunday eʼtibordan ruhlangan qizlar qulayliklardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!