Bugun, 5-sentabr kuni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat tibbiyot institutining birinchi, ikkinchi bosqich talabalari bilan yangi qurib bitkazilayotgan o‘quv binosi hududida uchrashdi. Viloyat hokimi dastlab, barcha talabalarni Mustaqilligimizning 32 yilligi, yangi o‘quv yili hamda bo‘lajak shifokorlik sari ilk qadamlarini tashlab talaba bo‘lganliklari bilan tabrikladi.
Shu bilan birga talaba-yoshlarni o‘qib, o‘rganib, sohani yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlari yo‘lida faol bo‘lishga chorladi.
Institut talabalarining sifatli ta’lim olishlari va bir vaqtning o‘zida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida aytib, yangi qurib bitkazilayotgan 2000 o‘rinli o‘quv binosida tashkil etilayotgan simulyatsiya markazi, kutubxona, laboratoriya xonalarining zamon talablariga mos tarzda bunyod etilayotgaligi, ADTI klinikasining ham xorijdan keltirilgan zamonaviy tibbiy asbob uskunlari bilan jihozlanayotgaligi bu albatta talabalarning ham nazariya ham amaliyotni birgalikda olib borishda asosiy omil ekanligi haqida so ‘z yuritdi.
Shuningdek, bo‘lajak shifokorlarni hozirdanoq kasbga fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularni aholi salomatligini saqlashga mas’ul bo‘lish barobarida kasallikni oldini olishga chorlash vazifasi ham zarurligi yuzasidan muhim vazifalarni aytib o‘tdi. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilishni talabalarning avvalo o‘zlari, oila a’zolari, mahallalar orqali barcha yurtdoshlarimizga yetkazish muhimligini ta’kidladi.
Institut rektori M.Madazimov institutning «Volontyorlar jamoasi» yoshlari safini yanada kengaytirgan holda professor-o’qituvchilar bilan birgalikda Sog’lom turmush tarzi targ’ibotiga bag’ishlangan tadbirlar orqali keng aholi vakillarini jalb qilish maqsad qilinganligini aytib o’tdi.
O‘z navbatida talabalar ham bor imkoniyatlarini ishga solgan holda aholining sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faolligini oshirishda faol ishtirok etishlarini aytib o‘tdilar.
Tadbir davomida viloyat hokimi tomonidan institutning bakalavriat bosqichiga eng yuqori ballar bilan talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Talabalik guvohnomasi” topshirildi.