Skip to content VILOYAT PROKURATURASI, ADLIYA BOSHQARMASI VA INSTITUT OʼRTASIDA OʼZARO HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYAT PROKURATURASI, ADLIYA BOSHQARMASI VA INSTITUT OʼRTASIDA OʼZARO HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

18:08 02.04.2025

Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat prokurori M.Аbduxakimov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida “Jamiyatimizni korrupsiyadan birgalikda xalos etaylik!” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Yigʼilishda viloyat adliya boshqarmasi boshligʼi, institut rektori M.Madazimov, 300 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar va 50 nafardan ortiq professor-oʼqituvchilar, shuningdek, yoshlar ishlari, bandlik, sogʼliqni saqlash boshqarmalari kabi qator mutasaddi idora rahbarlari ishtirok etdi.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilab bergan edi.

Mazkur tadbir mana shu belgilangan vazifalarning amaldagi yana bir ijrosi boʻldi.

Viloyat rahbarlari dastlab iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar koʼrgazmasi bilan tanishdilar.

Soʼngra viloyat prokurori soʼzga chiqib, korrupsiyaning bugungi kun taraqqiyotiga naqadar zararli illat ekanligi, uni batamom bartaraf etish uchun barchamiz birdek masʼul ekanligimiz alohida keltirib oʼtildi.

Yigʼilish yakuniga koʼra, ushbu institutda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berish boʼyicha tizimli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha viloyat prokuraturasi va adliya boshqarmasi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisidagi “Memorandum” imzolandi.

adti.uz
Would like to send you notifications