alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYAT UMUMXALQ TADBIRIDA INSTITUTIMIZ JAMOASI MUNOSIB ISHTIROK ETDI

21:22 20.03.2022

Yangilanish va yosharish ayyomi Navroʻz koʻngillarga shodlik ulashib, dillarga quvonch hadya etib keldi. Barcha tashkilot va muassasalarda bayram shukuhi kezmoqda. Bobur Arenasida boʻlib oʻtgan umumxalq bayram tadbirida Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar qatnashishdi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov xalqimizni koʻrkamlik, yosharish fasli va Navroʻzi olam bilan muborakbod etdi.

Tadbir davomida milliy raqslar, dorbozlik va xalq oʻyinlari, qoʻshiqlar va laparlar ijro etildi. Ayniqsa, institutimizning shovvoz yigitlari tomonidan taqdim etilgan “Andijon polkasi” milliy raqsi tadbirga oʻzgacha fayz kiritdi.

Taniqli sanʼatkorlari tomonidan kuylangan shoʻx kuy-qoʻshiqlar barchani davraga chorladi. Institutimiz jamoasi ham mazza qilib oʻyin-kulgu qildilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!