Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VILOYATIMIZ AHOLISI UCHUN TIBBIY KO’RIK TASHKIL ETILDI

16:18 18.10.2022

Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirining birinchi oʼrinbosari Аmirillo Shodiyevich Inoyatov rahbarligida Аndijon davlat tibbiyot instituti hamda klinikasi professor-oʼqituvchilari, Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari Аndijon viloyat filiallarining malakali mutaxasislari, viloyat davolash-profilaktika muassasalari bosh mutaxasislari ishtirokida Аndijon shahrida tibbiy koʼriklar oʼtkazildi.

Mazkur tadbirlar Аndijon shahar aholisiga qulaylik yaratish maqsadida 4 ta sektor hududida olib borildi. Shuningdek, tibbiy koʼriklar viloyatimizning barcha shaharlar va tumanlar tibbiyot birlashmalari mutaxasislari tomonidan ham tuman markazlaridagi hududlarda o’tkazildi.

Tibbiy ko’riklarga kelgan aholiga barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib, shifokorlarning ko’ruvi va maslahatlari bilan bir qatorda zamonaviy tekshiruv apparatlari ham tashkil qilindi. Bolalar o’yingohlari esa onalar uchun ayni muddao bo’ldi.

Mutaxasislar koʼruvidan oʼtgan bemorlarga ijtimoiy dorixonalarda dori-vositalari berildi, ambulator va statsionar sharoitlarda davolanishga muhtoj bemorlarga viloyat hamda respublika tibbiyot markazlariga yo’llanmalar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!