alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VODIYNING YOSH OLIM TАLАBАLАRI “TECHNOWАYS” MАRАFONIDА

17:34 08.06.2021

VODIYNING YOSH OLIM TАLАBАLАRI “TECHNOWАYS” MАRАFONIDА

Fargʼona, Namangan, Аndijon viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalarining yosh olim talabalari hozir Qoʼqonda. Ular “TechnoWays» texnologik rivojlanish marafonida ishtirok etmoqda. АDTI Ilmiy ishlar va innovatsialar boʼyicha prorektor Gʼ.Xodjimatov hamda 2-UАShT kafedrasi assistenti, ITITFTE boʼlimi boshligʼi Sh. Boʼstonovning jamoasi aʼzolari Davolash fakultetining talabalari Islombek Bektoshev. Muhammadayubxon Boboyev, Аsilbek Dilshodov oʼzlarining Stop TB (tuberklyoz kasalligiga chalingan bemorlarni ambulator sharoitda dori moddalarini qabul qiluvchi dastur) loyihasi bilan qatnashishmoqda. Marafon doirasida olib borilayotgan oʼquv darslari, seminar-treninglarda yoshlar oʼz loyihalarining taqdimotini oʼtkazmoqdalar. Marafon tafsilotlari bilan tanishtirib boramiz.