“VOLONTYORLAR” GURUHI A’ZOLARI SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARG‘OBOTIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“VOLONTYORLAR” GURUHI A’ZOLARI SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARG‘OBOTIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

22:59 06.09.2023

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab, xususan, viloyatimizda ham aholini sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutida ham ko‘ngilli talaba-yoshlar tomonidan sog‘liqni saqlash yo‘nalishida, ya’ni tibbiy madaniyat, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va shaxsiy gigiyena kabi masalalarda volontyorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bir necha yillardan buyon “Volontyorlar” guruhi a’zolari tuman va shaharlarning aholi qatlami gavjum bo‘lgan joylarida, mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda. Joriy o‘quv yili avvalida esa viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov institutning birinchi kursiga qabul qilingan talabalar bilan uchrashib yaqindan muloqotda bo‘ldi. Unda talabalarning kelgusidagi rejalari, sifatli taʼlim masalalari va kelajak avlodni oldida turgan ustuvor vazifalar barobarida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tashkil qilishga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘ngilli talaba-yoshlardan iborat “Volontyorlar” guruhi faoliyatini jadallashtirish vazifalari ham belgilab berildi.

Bugun, “Volontyorlar” guruhi tomonidan Andijon shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda “Eski shahar” dehqon bozorida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.  Talabalar aholi vakillariga sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning oddiy lekin, juda muhim bo‘lgan qoidalari, to‘g‘ri ovqatlanishni nafaqat inson salomatligiga balki, uning yaxshi kayfiyatda bo‘lishi va ishchanlik ishtiyoqini oshishida ham alohida ahamiyatga ega ekanligi haqida tushunchalar berdilar. Tadbir yakunida odam organizmiga foydali bo‘lgan mahsulotlar va ularning me’yorlari jamlangan tarqatma materiallar taqdim etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!