VORONEJ DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI PROFESSORI S.T.REMBEZO ANDIJON DAVLAT TIBBIYОT INSTITUTIGA KELDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2018-  yil 4- dekabr kuni  Andijon davlat tibbiyot institutiga  Rossiya Federatsiyasi  Voronej davlat texnika universiteti elektronika va nanotexnologiya  kafedrasi mudiri, akademik, professor Stanislav  Ivanovich  Rembezo tashrif buyurdi.

Rossiyalik  olimni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor  P.Asxanov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i G.Nazarova, biologik fizika, informatika va tibbiy texnologiyalar kafedrasi  xodimlari kutib oldilar.

Shundan so‘ng, ADTI ilmiy kengashlar zalida kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar  ishtirokida anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda  professor  S.Rembezo zamonaviy texnologiyalarni  tibbiyotdagi o‘rni, tibbiy jihozlarning  qo‘llanilishi, yangi nanotexnologiyalar xususida taqdimot ma’ruza qildi.

So‘ngra, institut xalqaro hamkorlik bo‘limida  ADTI rektori M.Madazimov bilan professor S.Rembezo  o‘rtasida  samimiy va do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida Andijon davlat tibbiyot instituti  va Voronej davlat texnika universiteti o‘rtasida ikkitomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik aloqalari tez orada o‘zining ijobiy samarasini berishiga ishonch bildirilib, o‘zbekona  odatimizga ko‘ra hurmatli mehmonga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Shundan  so‘ng, akademik S.Rembezo  institut simulyatsion markazida  bo‘lib, bu yerdagi sharoitlar,amaliyot jarayonlari, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, trenajyor va mulyajlar bilan tanishdi.

Simulyatsion markaz mas’ullari, mutaxassislar bilan suhbatlashib, o‘zining fikrlari va taassurotlarini o‘rtoqlashdi, shuningdek ularga kerakli tavsiya va maslahatlarini berdi.

221