Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayorlash fakulteti xodimlari ishtirokida seminar – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayorlash fakulteti xodimlari ishtirokida seminar

11:19 26.04.2019

26- aprel kuni institut ma’ruzalar zalida Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti kafedralarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.      Mazkur tadbir Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusdan biri  “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan 3–tashabbusga bag‘ishlandi.

Seminarda VMO va QT fakulteti texnik operatori T.Raxmonov ma’ruza qildi. U ma’ruzasida kafedralardagi kompyuterlarni internet tarmoqlariga ulanishi, mobil telefondan modem sifatida foydalanish, antiviruslar o‘rnatish, Eset nod32 antivirus dasturi va uni bazasini o‘rnatish, kompyuterga megasoft.uz dasturi bo‘yicha telegrammni o‘rnatish, telegrammlar orqali ma’lumotlarni yuborish, umail.uz, Id.uz bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish va elektron pochta ochish to‘g‘risida yangi ma’lumot va tushunchalar berdi.

Seminar yakunida VMO va QT fakulteti dekani H.Tursunov o‘z fikrlarini bildirib, tadbir davomida olingan ma’lumotlarni kursantlarga yetkazish, kelgusida bu  mavzudagi tadbirlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!