Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusining to’rtinchisida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib etish ko’zda tutilgan.
Mazkur tashabbus bo’yicha 2019 – yil 8-iyun kuni ADTI Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o’qituvchilari, shifokor-tinglovchilar bilan birgalikda ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil qildilar.
Tadbirni fakultet dekani tibbiyot fanlari doktrori X.Tursunov ochib berdi. So’ngra pediatriya kafedrasi mudirasi, professor X.Xudoyberdiyeva tadbirda ishtirok etayotgan mehmonlarni tanishtirdi.
Tadbirda andijonlik yozuvchi Sohibaxon Hoshimova, shoir Bahodirjon Xodjimatov va shoira Turdixon Yusupovalar ishtirok etdilar. Ular o’zlarining ijod namunalaridan fakultet professor-o`qituvchilari hamda davra shifokorlariga o`qib berdilar.
Tadbir yakunida shoir va yozuvchilar o`zlarining ijodiga mansub kitoblaridan sovg`a qildilar.