Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusining to`rtinchisida kitobxonlik madaniyatini keng targ`ib etish ko`zda tutilgan.
Mazkur tashabbus bo`yicha Andijon Davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o’qituvchilari, shifokor-tinglovchilar bilan birgalikda ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil qildilar.
Tadbirda Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli maktabning o`quvchilari qatnashdilar. O`quvchilar O`zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning she’rlaridan va o`zlarining ijod na’munalarini o`qib berdilar.
Tadbir qatnashchilari o`quvchilarning zavqlanib o`qigan she’rlaridan katta ma’naviy ozuqa oldilar. O`quvchilarga fakultet dekani X.X.Tursunov va davolash ishlari bo`yicha mas’uli B.X.Mirzakarimov hamda umumiy amaliyot shifokorlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlsh kafedrasi mudiri G.U.Nazarova tomonidan esdalik sovg`alari berildi.