Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani , t.f.d., X.X.Tursunov boshchiligida fakultetninig barcha kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilar hamda o’rindosh assistentlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash bu kunning dolzarb masalasi to’g’risida”gi yig’ilishi 2019 yil 20 mart kuni ADTI ilmiy kengashlar zalida o’tkazildi.
Mazkur yig’ilishda ADTI xodimlari kasaba uyushmasi raisi va fakultet xuquqshunosi Sh.O.Dexqonov so’zga chiqdi va O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 03 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O`RQ-419-sonli Qonunini mazmun moxiyatini o’qib eshittirdi.
Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani , t.f.d., X.X.Tursunov so’zga chiqib, Oliy ta’lim tizimida korrupsiya bilan shug’ullanish ma’naviyatimizga yot va muqarrar jinoyat ekanligini qayta-qayta ta’kidladi.