alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH FAKULTETINING TASHKILIY TUZILMASI BILAN TANISHTIRILDI

14:51 11.09.2021

VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH FAKULTETINING TASHKILIY TUZILMASI BILAN TANISHTIRILDI

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani t.f.d X.Tursunov va Umumiy xirurgiya, fibroendoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi mudiri t.f.d. professor G.Xodjimatov Namangan viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi A.Inminov bilan fakultet kafedralariga tinglovchilarni jalb qilish mavzusida suhbat olib bordilar.

Uchrashuv davomida mehmonlarni fakultetning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishtirilib, fakultetda faoliyat koʻrsatayotgan malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!