Qadrli sport ixlosmandlari!
Sizlarni 2022-yil 2-dekabrdan 5-dekabrga qadar boʻlib oʻtadigan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida oʻtkazilayotgan «Work out» A, B, C liga sport musobaqalariga taklif etamiz!
Musobaqalarda 16-21, 22-26, 27-30 yoshli respublikamiz mahallalarining uyushmagan yoshlari oʻzaro bellashadilar.
Musobaqa Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida boʻlib oʻtadi. Hozirda institutda musobaqaga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.