Bugun, 14-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotda simulyatsion ta’lim: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman onlayn va offlayn (gibrid) shaklda o‘tkazildi.
Anjumanni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.





“Bugun Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiyotda simulyatsion ta’lim: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ish boshladi. Barchangizni ushbu muhim tadbirning ochilishi bilan samimiy qutlayman.
Hozirgi vaqtda simulyatsion ta’lim tibbiyot kadrlarini zamonaviy, xavfsiz va samarali tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu anjuman orqali biz amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud muammolarga birgalikda yechim topish va kelgusi istiqbollarni belgilash imkoniyatiga egamiz.



Fursatdan foydalanib, barcha olimlar, mutaxassislar va chet ellik hamkorlarimizga ishtirok va faol hamkorliklari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Bugungi uchrashuv bilim almashish, yangi g‘oyalar va innovatsion yondashuvlar uchun mustahkam platforma bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonaman” – dedi, rektor.




Anjumanda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xudayorov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov hamda Yevropaning tibbiyotda Simulyatsiya instituti direktori M.Gorshkov (Germaniya), Rossiyaning tibbiyotda simulyatsion ta’lim jamiyati prezidiumi boshqaruvi raisi A.Kolish (Rossiya) tomonidan onlayn va offlayn formatda tabriklar yo‘llandi.
Mazkur anjumanda Respublikamizning barcha viloyatlari va Germaniya, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston, Tojikiston, Hindiston kabi davlatlaridan kelgan soha mutaxassislari, olimlar ishtirok etdi. Unda 50 dan ziyod ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, anjuman doirasida:
✔️Rossiya Federatsiyasi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti Vrachlar malakasini oshirish fakulteti Аkusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor N.Katkova tomonidan «Bosh va chanoq joylashuvida tug‘ruq qabul qilish ko‘nikmalari» mavzusida;
✔️I.P. Pavlov nomida gi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti Attestatsiya va akkreditatsiya markazi rahbari, anesteziologiya va reanimatsiya kafedrasi dotsenti, PhD. Z.Zaripova tomonidan «Kasalxonadagi og’ir vaziyatlar» mavzusida;
✔️Immanuel Kant Boltiq federal universiteti mutaxassislari A.Rudoy, P.Ligatyuk, D.Kovtun tomonidan «Dimedus – kombinatsiyadagi maksimal realizm» mavzusida;
✔️Germaniya Federativ Respublikasi Tibbiy simulyatsiya magistri, professor, «Tibbiyotda virtual texnologiyalar» jurnali bosh muharriri o’rinbosari, ROSOMED ekspert qo’mitasi raisi, EuroMedSim – Evropa tibbiyotda simulyatsiya instituti direktori M.Gorshkov tomonidan «Tibbiy simulyatsiya va o’qitishda sun’iy intellektni qo’llash» mavzularida mahorat darlari olib borildi.



