Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi endourologiya markazining maʼruza zalida Endourologiya va urologiyadagi zamonaviy texnologiyalarning xalqaro eksperti, “Aleksandrov” shifoxonasining boʻlim mudiri, akademik I.I.Mechnikov nomidagi Davlat tibbiyot Universiteti urologiya kafedrasi dotsenti O.O.Burlaka “PBXGni zamonaviy davolash usuli” mavzusida birinchi maʼruzasini oʻqib eshittirdi. Maʼruzada institutimiz davolash fakultetining Jarrohlik va urologiya kafedrasi, VMOFning Endourologiya, endoxirurgiya, urologiya, oftalmologiya va stomatologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari, klinik ordinator, magistr va kursantlari ishtirok etdi. Xalqaro ekspertning maʼruza va seminar-mashgʻulotlari davom etmoqda.