XALQARO FAKULTET TALABALARI VA MAS’ULLAR ISHTIROKIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO FAKULTET TALABALARI VA MAS’ULLAR ISHTIROKIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

09:26 06.12.2023

Hozirda, Andijon davlat tibbiyot institutida 2 ta qo‘shma ta’lim dasturi faoliyat yuritmoqda.  Ular Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan “Stomatologiya” yo‘nalishi va Koreya milliy transport universiteti bilan “Parameditsina” yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar bilan mas’ullarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, Qo’shma ta’lim dasturlari talabalar bilan ishlash fakultetining dekani G.Yaxshiboyeva ishtirok etdi.

Suhbat davomida so‘z olganlar talabalarning darslarga o‘z vaqtida qatnashishi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan tushuntirib o‘tdi. O‘quv va ilmiy ishlarda faol bo‘lib, tanlagan sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lishlari uchun kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi illat ekanligi, undan xoli bo‘lgan ta’lim-tarbiya muhitini shakllantirish, bu yo‘lda to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish, ta’lim tizimining sofligi va shaffofligini ta’minlashda barchaning birdam bo‘lishi muhimligi aytib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!