alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO FORUM DOIRASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMLARI IMZOLANDI

17:35 16.07.2024

Bugun, 16-iyul kuni Samarqandda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi boshlandi. Unda ikki davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etmoqda. Jumladan, mazkur forumda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi institut delegatsiyasi ham faol qatnashmoqda.

Forumning birinchi kunida qator hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Xususan, institut rektori Madazimov Madamin Mo‘minovich hamda Adam universiteti rektori Simbard Svetlana Rustamovna ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik mobillik, simulyatsion ta’limni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy va innovatsion tadqiqotlar hamda loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti va O‘sh davlat universiteti o‘rtasidagi akademik mobillik, qo‘shma ilmiy va innovatsion tadqiqotlar hamda loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malaka oshirishlarini amalga oshirish borasida mavjud hamkorlik memorandumiga qo‘shimchalar kiritildi va imzolandi.

Shuningdek, institut rektori Madazimov Madamin Mo‘minovich hamda O‘sh davlat universiteti rektori Kojobekov Kudayberdi Gaparaliyevich ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida “Erasmus+” dasturi doirasida  grant loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!