XALQARO G‘ALABA! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO G‘ALABA!

14:53 24.11.2025

Zamonaviy tibbiyot sohasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish tobora takomillashib bormoqda. Bu esa stomatologiya amaliyotida ham sezilarli o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda.

Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari Qozog‘iston xalqaro stomatologiya talabalar assotsiatsiyasi va Ostona tibbiyot universiteti tomonidan “Sun’iy intellekt stomatologiya talabalar nigohida” mavzusida kongress va fan olimpiadasi tashkil etildi. Unda nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalari talabalari qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti Propedevtik stomatologiya kafedrasi mudiri Z.Xakimova rahbarligida Stomatologiya fakultetining 5-bosqich talabalari ham ishtirok etdi.

Olimpiada davomida xalqaro OTMlaridan 11 ta jamoa qatnashdi. Jamoalar xirurgik, terepevtik, ortopedik, ortodontik stomatologiya hamda bolalar stomatologiyasi yo‘nalishlarida bor mahoratlarini namoyish etishdi.

Quvonarlisi, institutimizni munosib himoya qilayotgan talabalarimizning bilimlari yuqori baholandi. Xirurgik stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha I.Qobuljonov, Bolalar stomatologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha L.Zokirova 1-o‘rinni egalladilar.

Skip to content